"Dinamo" - "Andijon": An’ana davom etadimi?

  • 14.05.2018 14:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro-Liga 9-turi doirasida nafaqat turning balki, mavsumning markaziy o‘yinlaridan biri Samarqandda kechadi. Azaliy raqib sanalmish “Dinamo” va “Andijon” jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. Bu haqda "Dinamo" matbuot xizmati xabar bermoqda.  

BIR XIL MAQSAD, IKKI XIL VAZIYaT...

Superligani maqsad qilgan ushbu ikki klub ayni damda ikki xil vaziyatda. Pro-Liga “A” guruhida “Dinamo” 7 o‘yindan keyin hozircha g‘alaba nimaligini bilmay, 9-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, “Andijon” 15 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.

Ushbu bahsdagi uch ochko “Dinamo”ga 1-davrani g‘alaba bilan yakunlash imkonini bersa, “Andijon”ga peshqadamlikni taqdim etishi mumkin.

O‘YINNI KIM BOShQARADI?

Ushbu uchrashuvni boshqarib borish yosh hakamlardan biri Jasur Muxtorovga ishonib topshirilgan. Bahs nazoratchisi esa tajribali Farhod Abdullaev.

Pro-Liga. “A” guruhi.
9-tur. 14 may (dushanba)
“Dinamo” – “Andijon”
Bosh hakam: Jasur Muxtorov.
Qanot hakamlari: Ravil Shoyaxmetov, Server Eremeev.
Nazoratchi: Farhod Abdullaev.
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00.

O‘ZARO O‘YINLAR: USTUNLIK «DINAMO»DA

Statistikaga nazar tashlar ekanmiz, “Dinamo” va “Andijon” chempionat doirasida 40 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ushbu o‘yinlardan 18 tasida “Dinamo” “Andijon”ni mag‘lub eta olgan. 14 o‘yinda esa andijonliklar g‘olib bo‘lishgan. 8 ta o‘yinda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.

OChKOLAR…

“Dinamo” shu kungacha o‘zaro o‘yinlarda “Andijon” darvozasiga 62 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 51 ta. “Burgutlar” o‘zaro o‘yinlarda 50 ochko ishlab olishgan bo‘lsa, “Arslonlar” 62 ochkoni qo‘lga kirita olishgan.

ENG YIRIK HISOB…

“Dinamo”ning “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi 6:1ni tashkil qiladi. O‘shanda samarqandliklar safida Hamdam Rahmonov zaxiradan maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan. Bu chempionatdagi rekord natijadir.

“Andijon”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi esa – 4:1ga teng.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv:

26.06.2015 «Dinamo» - «Andijon» 2:1

27.08.2014 «Dinamo» - «Andijon» 2:0

19.10.2012 «Dinamo» - «Andijon» 3:0

21.05.2011 «Dinamo» - «Andijon» 3:1

27.05.2010 «Dinamo» - «Andijon» 2:0

«Dinamo» 1993 yildan buyon Samarqandda «Andijon»ga mag‘lub bo‘lmagan. Ko‘ramiz, an’ana bu safar ham davom etarmikan...

BILASIZMI...

“Dinamo” Samarqandda o‘tgan o‘zaro 19 ta o‘yinning 13 tasida g‘alaba qozongan. 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

“Andijon” o‘z tarixida bir marotiba - 1993 yilda Samrqanddan g‘alaba bilan qaytgan. Shundan keyin bo‘lib o‘tgan 18 o‘yinda “Dinamo” o‘z maydonida bu raqibga umuman mag‘lub bo‘lmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!