Diyorbek Mirzaboev «Mash’al-2» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Farg‘onalik yosh mutaxassis, Diyorbek Mirzaboev yangi mavsumda birinchi ligada ishtirok etayotgan «Mash’al-2» jamoasini boshqaradigan bo‘ldi.
Yosh murabbiy, Diyorbek Mirzaboev 1985 yil 16 may kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1996 yil Farg‘ona futbol internatida tahsil ogan.
Futbolchilik faoliyati davomida 2002 yil “Tsementchi” futbol klubida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazgan keyinchalik aniqrog‘i 2004-2005 yillarda «Paxtakor» o‘rinbosarlari safida to‘p surgan.
2006-2007 yillar «NBU-Osiyo» safida faoliyatini davom ettirgan va 2008 yil “Shahrixon”klubida o‘ynagan. Murabbiylik faoliyatida esa 2009-2014 yillarda Farg‘ona futbol maktabida murabbiy bo‘lib ishlagan.

Fikrlar