Diyorbek O‘rozboev: "Barchasini ertaga tatamida ko‘ramiz"
Ertaga start oladigan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasidan avval terma jamoamiz etakchilaridan biri Diyorbek O‘rozboev tashkil qilingan matbuot-anjumanida ishtirok etib, berilgan savollarga javob berdi.
"Tayyogarlik yaxshi o‘tdi. Barchamiz yuqori sport formasidamiz. Musobaqada Olimpiadaga reyting ochkolari o‘ynaladi. Shu bois unda ishtirok etadigan sportchilarning bari kuchli. Hamma sportda bo‘lgani kabi dzyudoda ham nima bo‘lishini oldindan ayta olmaysiz. Barchasini ertaga tatamida ko‘ramiz. Hammaga omad", – deydi Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Diyorbek O‘rozboev.



Fikrlar