Doston Tursunov: G‘alabalarda muxlislarning o‘rni katta

  • 24 sentabr, 2018, 21:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ortda qolgan bellashuvlarda farg‘onaliklar ketma-ket g‘alabalarni qayd etib, o‘z muxlislarini xushnud etishmoqda. Kuni kecha jamoaning mahoratli himoyachilaridan biri Dostonbek Tursunov klub matbuot xizmatiga intervyu berib o‘tdi.

Tecno

"Jamoamiz g‘alabalaridan xursandmiz. Albatta qo‘lga kiritilayotgan natijalarda jamoa ishqibozlarining o‘rni katta bo‘lmoqda. Ochig‘i, bellashuv chog‘ida muxlislarning daldasi bizga katta kuch bag‘ishlaydi.

“Nasaf”ga qarshi o‘yinda ikkinchi bosqichdagi eng muhim g‘alabalardan birini qo‘lga kiritdik. Murabbiylarning yo‘lga qo‘ygan to‘g‘ri taktikalari evaziga raqibni mag‘lub etishning uddasidan chiqdik deb o‘ylayman. Og‘ir bellashuv bo‘ldi.

Oldinda Jizzaxda kechadigan yana bir muhim uchrashuv kutmoqda. “So‘g‘diyona” futbolchilari bilan o‘yin ham oson o‘tmasligi aniq. Hozirgi vaqtda bizni faqatgina g‘alaba qoniqtiradi. Maydonga chiqib, borimizni berib jamoamiz uchun kerakli natijalarga erishish uchun kurash olib boramiz. Muxlislardan esa bizlarni yanada qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘ragan bo‘lardim" – deydi Dostonbek Tursunov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!