Dris Mertens A Seriyada eng ko‘p gol urgan belgiyalik futbolchiga aylandi
“Napoli” klubi hujumchisi Dris Mertens kecha A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan “Empoli”ga (5:1) qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.
Football Italia nashrining xabar berishicha 31 yoshli futbolchi shu tariqa o‘zining A Seriyadagi urgan gollari sonini 73taga etkazib oldi va bu borada Luis Oliveyrani (72ta gol, «Kalyari», «Fiorentina» va «Bolonya» klublarida to‘p surgan) ortda qoldirib, Italiya A Seriyasida eng ko‘p gol urgan belgiyalik futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum “Napoli” safida chempionatda jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu bahslarda o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar