Dzyudo Gran-prisida qaysi terma jamoa birinchi bo‘ldi?

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqa o‘z yakuniga etdi. 3 kun davom etgan bellashuvlar muxlislarga bir-biridan qiziqarli bahslarni taqdim qildi. 

Tecno

Turnir o‘z yakuniga etgach ko‘pchilikning diqqat-markazi medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoalarning o‘rniga ham qaratiladi. Bu borada Kosovo terma jamoasi yaqqol ajralib turdi. Ayollar toifasida qo‘lga kiritilgan 3 ta oltin va 1 ta kumush medallari kosovoliklarni umumjamoa hisobi birinchi o‘rinda bo‘lishlarini ta’minladi. 

Kuchli uchlikdan 3 ta oltin va 1 ta bronza medallariga egalik qilgan Ozarbayjon, 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medali bilan ortiga qaytadigan Mo‘g‘uliston terma jamoalari ham o‘rin egallagan. Yurtdoshlarimiz jamg‘argan 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallari terma jamoamizning beshinchi pog‘onada bo‘lishi ta’minladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!