EChL. "Borussiya" Dortmund va "Atletiko" ham keyingi bosqichda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

So‘nggi turda "Borussiya" "Monako" mehmoni bo‘ldi va Rafael Gerreyruning dubli evaziga 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Belgiyaning "Bryugge" klubi esa "Yan Breydel" stadionida "Atletiko" bilan nursiz durang  qayd etdi.

Guruh bosqichida 13 ochkodan jamg‘argan "Borussiya" Dortmund va "Atletiko" jamoalari  mos ravishda 1 va 2-o‘rinni egalladi. "Bryugge" esa 6 ochko jamg‘argan holda Evropa ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

6 o‘yinda 1 ochko jamg‘argan "Monako" esa guruhda so‘nggi bo‘ldi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!