
EChL. "Portu" va "Shalke" pley-offga chiqdi, "Galatasaroy" esa...
Germaniyaning "Shalke" klubi o‘z maydonida Rossiyaning "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi va so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga minimal hisobda raqibdan ustun keldi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" guruh bosqichini 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda tugatishdi. Oxirgi turda "Portu"ga mag‘lub bo‘lgan "Galatasaroy" esa 4 ochko bilan Evropa ligasiga yo‘llanma beradigan 3-pog‘onani egallashdi.
"Shalke" (11) va "Portu" (16) esa 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar