EChL nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi yakunlandi

  • 11 dekabr, 2017, 16:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun EChL nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘z guruhlarida 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, musobaqaning 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan 16ta jamoa ishtirokida qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Barselona (Ispaniya), Beshiktosh (Turkiya), Liverpul (Angliya), Manchester Siti (Angliya), Manchester Yunayted (Angliya), PSJ (Frantsiya), Roma (Italiya) hamda Tottenxem (Angliya) jamoalari o‘z guruhlarida g‘olib bo‘lishgan edi.

Guruhda 2-o‘rinlarni esa Bavariya (Germaniya), Bazel (Shveytsariya), Portu (Portugaliya), Real (Ispaniya), Sevilya (Ispaniya), Chelsi (Angliya), Shaxtyor (Ukraina) va Yuventus (Italiya) klublar egallashgan.

Ma’lumot uchun, qur’a tashlash marosimi Shveytsariyaning Non shahridagi UEFA shtab-kvartirasida Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Ayni paytda qur’a tashlash uchun barcha shaxslar tashrif buyurishmoqda. Jumladan "Bavariya" klubining sobiq futbolchisi Xabi Alonso ham. Alonso qur’a jarayonida juftliklar nomini aniqlab bersa ajab emas. 

Hozir ushbu bosqichga etib kelgan klublar borasida qisqacha rolik taqdim etildi. Xabi Alonso bugun faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan. Sobiq futbolchi EChL va o‘zining sobiq klublari "Leverpul", "Real" va "Bavariya" borasida gapirib o‘tdi. 

Maykl Essejverd ayni paytda qur’a tashlash marosimi boshlanganini ma’lum qildi. Demak, boshladik. Yaxshilab o‘rnashib oling. 

"Yuventus" - "Tottenxem"

"Bazel" - "Manchester Siti"

"Portu" - "Liverpul"

"Sevilya" - "Manchester Yunayted"

"Real" - PSJ

"Shaxtyor" - "Roma"

"Chelsi" - "Barselona"

"Bavariya" - "Beshiktosh"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!