
EL. “MYu” va “Ayaks” finalga chiqdi
Hozirgina Evropa ligasi yarim finali javob uchrashuvlari nihoyasiga etdi. “Old Trafford”da kechgan bahsda mezbonlar “Selta” bilan murosa ko‘chasini tanladi va dastlabki o‘yindagi ustunlik evaziga “qizil iblislar” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ikkinchi juftlikda esa “Lion” xamda “Ayaks” klublari o‘zaro kuch sinashishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:4 hisobida g‘alabaga erishgan “Ayaks” ikkinchi finalchi bo‘ldi.
Final o‘yini esa 24 may kuni Stokgolmda bo‘lib o‘tadi.
Evropa ligasi. Yarim final. Javob bahslari
Lion – Ayaks 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 27 Dolberg, 1:1 – 45, penalti Lyakazett, 2:1 – 45 Lyakazett, 3:1 – 81 Gezzal.
Lion – Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Rybus, 74), Rafael, Diakabi, Valbuena (Gezzal, 77), Gonalon, Korne, Tolisso, Fekir, Lyakazett.
Ayaks – Onana, Sanches, Virgever, Veltman (Tete, 65), Klassen, de Ligt, Shene (van de Bek, 59), Ziesh, Yunes (Klyuyvert, 82), Traore, Dolberg.
Ogohlantirishlar: Morel (18), Tolisso (19), Diakabi (49), Veltman (49), Klassen (50), Nkulu (61), Fekir (61), Virgever (68).
Chetlatish: Virgever (84).
Dastlabki o‘yin – 1:4
Manchester Yunayted – Selta 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 17 Fellayni, 1:1 – 85 Ronkalya.
Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Lingard (Runi, 86), Fellayni, Mxitaryan (Kerrik, 77), Reshford(Smolling, 89).
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya (Bongonda, 68), Ernandes, Vass (Xosabed, 46), Sisto (Bovyu, 80), Gvidetti, Aspas.
Ogohlantirishlar: Blind (32), Aspas (66), Errera (81), Kabral (90).
Chetlatishlar: Bayi (87), Ronkalya (88).
Fikrlar