
Ederson Braziliya terma jamoasidagi Alisson bilan raqobati haqida aytib o‘tdi
"Manchester Siti" klubi darvozaboni Ederson Alisson bilan Brazliya terma jamoasining asosiy tarkibi uchun kurash haqida aytib o‘tdi.
- O‘rtamizda juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Alisson "Liverpul"da ajoyib mavsum o‘tkazmoqda.
Tan olish lozim, terma jamoada u mendan bir qadam oldindadir, shu sababdan ham u JCh-2018da Braziliyaning asosiy tarkibida to‘p tepdi.
Termada faoliyat olib borayotgan har bir futbolchidan juda ko‘p narsa talab qilinadi. Alisson "qizillar" tarkibini kuchaytirganda u bilan suhbatlashgandim. Biz yaxshi do‘stona aloqalarga egamiz, - deya Edersonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.
Fikrlar