
Edinak Avstraliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
“Aston Villa” xavbeki Mile Edinak Avstraliya terma jamoasida boshqa o‘ynamaydi.
“Sokkeruzlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Edinak Avstraliya terma jamoasi sharafini 2008 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 79ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 19ta gol urishga erishgan.
Fikrlar