Elnur Abduraimov indoneziyalik bokschini ikkinchi raunddayoq taslim etdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov chorak final jangida indoneziyalik Farrand Papendanga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hozirgina yakuniga etgan ushbu bokschilar o‘rtasidagi bahs hamyurtimizning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Jang davomida yaqqol ustunlik qilgan Elnur Abduraimov osonlik bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar