Emerik Laport: Biz MYudan revansh olmoqchimiz
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Emerik Laport APLning 12-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Doimo mag‘lub bo‘lgan jamoangizdan o‘ch olishni xohlaysiz. Biz jang qilishga tayyormiz. Ushbu o‘yin 2 jihatdan muhim: birinchidan bu derbi, ikkinchidan agar “Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratsak, oradagi farqni uzaytirib olamiz”, - deydi Laport.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalarning so‘nggi to‘qnashuvida 2:3 hisobida MYu g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Fikrlar