Ertaga Bahrom engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

  • 26.11.2016 20:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Rossiyaning Noginsk shahri mezbonlik qiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahrom Payozov ham ringga chiqadi.
 
31 yoshli bokschimiz professional ringdagi 31 jangini rossiyalik engilmas bokschi Islom Dumanovga qarshi o‘tkazadi.
 
Professional ringga 2008 yili qadam qo‘ygan hamyurtimiz uchun faoliyati omadli boshlangan edi. Dastlabki 21 jangdan 20 tasida zafar quchgan Bahrom keyinchalik mag‘lubiyatlar to‘riga ilinib qoldi. Ayniqsa, bu yil beshta jang o‘tkazgan bokschimiz shulardan to‘rttasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
 
Jami 30 ta jang o‘tkazgan Bahrom Payozov 23 ta g‘alabaga erishgan va 15 marotaba raqiblarini nokautga tushirgan.
 
Uning bu galgi raqibi - 24 yoshli Islom Dumanov professional bokschilik faoliyatini bu yil boshladi va etma-ket beshta jangda zafar quchdi.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!