Eto'O: Umid qilamanki, Saloh "Chelsi"da o‘tkazgan kunlarimizni eslaydi
Ayni damda Qatarning “Qatar SK” klubida to‘p surayotgan hujumchi Samyuel Eto'O “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh bilan “Chelsi”dagi xotiralari haqida gapirib o‘tdi.
“Umid qilamanki, Saloh “Chelsi”dagi omadsiz o‘yinlaridan so‘ng "Stemford Brij"ning kiyinish xonasida birga o‘tirgan o‘sha kunlarni eslaydi. Men unga yaxshi futbolchi ekanligini va faqat biroz sabrli bo‘lishi kerakligini qayta-qayta ta’kidladim, vaqti kelib buyuk futbolchi bo‘lishini aytdim. Hozir u katta mehnat va kuchli xohish evaziga shunday darajaga erishdi. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq, u ajoyib futbolchi. U hozirgi o‘yinlari bilan bemalol “Oltin to‘p”ga da’vogarlik qilishi mumkin”, - deydi kamerunlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Eto'O va Saloh o‘z davrida “Chelsi”da birga to‘p surishgan.
Fikrlar