"Everton" hujumchisi APLda to‘purar bo‘lmoqchi
"Everton" klubi forvardi Risharlison yangi mavsumda premer-liga to‘purari bo‘lishni maqsad qildi.
“Men hozir ajoyib formadaman va premer-liga men uchun begona emas. APLda to‘purar bo‘lib, “Everton” bilan Chempionlar ligasiga chiqmoqchiman va Braziliya terma jamoasiga chaqirilmoqchiman”, - deydi 21 yoshli braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Risharlison joriy mavsum APLning o‘tgan 2ta turida o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ma’lumot uchun, “Everton” Risharlisonni joriy yoz “Uotford”dan 39 million evro evaziga sotib oldi.

Fikrlar