Fabregas bugun "Monako" futbolchisiga aylanishi mumkin

  • 06.01.2019 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha “Chelsi” safida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan yarim himoyachi Sesk Fabregas bugun rasman “Monako” futbolchisiga aylanishi mumkin.

Bugun 31 yoshli ispaniyalik futbolchi va uning agenti Darren Din monakoliklar vitse-prezidenti Vadim Vasilev bilan muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Monako” Fabregasga 2,5 yillik shartnoma va 10 mln evro bonus taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Fabregas “Monako” bosh murabbiyi Terri Anri bilan “Arsenal”da birga to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!