
Fabregasga Italiyadan yana bir xaridor paydo bo‘ldi
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasga Italiyadan yana bir xaridor paydo bo‘ldi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga Milanning “Inter” klubidan ham jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Neradzurrilar” “Real”dan Luka Modrichni sotib olisholmagach, bor e’tiborlarini aynan Fabregasga qaratishgan.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Fabregasga Milanning boshqa bir jamoasi – “Milan”dan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar