Fakt! O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyani faqat bir marta mag‘lub etgan
O‘yin «Queensland Sport and Athletics Centre» stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper shogirdlari Avstraliyadagi yig‘in doirasida dastlabki o‘yinni 15 noyabr kuni Livan terma jamoasiga qarshi o‘tkazishgan va 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandilar.
Uchrashuvni Kris Bit boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Referi assistentlari - Eshli Bichem va Anton Shetinin. To‘rtinchi hakam - Piter Grin.
Yana bir muhim ma’lumot. O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘rtoqlik uchrashuvida VAR tizimi ishlaydi. VAR bo‘yicha hakam Jarred Gillet, assistent - Richard Naumovski.
Shu kungacha O‘zbekiston Janubiy Koreya terma jamoasi bilan jami 15 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 1 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 ta uchrashuvda Janubiy Koreyaning qo‘li baland kelgan. 4 ta o‘yin durang bilan yakuniga etgan. Yagona g‘alabamiz 1994 yilgi Osiyo o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Azamat Abduraimovning yagona goli terma jamoamizga g‘alaba taqdim etgandi.
Umid qilib qolamizki, bugun vakillarimiz chiroyli o‘yin namoyish qilib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarini xursand qilishadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Soat 15:00. "QSAC" stadioni, Brisben.
O‘zbekiston - Janubiy Koreya

Fikrlar