Fakt! "Qizilqum" Navoiyda 10 yildan buyon "Nasaf"ni mag‘lub eta olmay keladi

CHERY AUTO

Uchrashuv 10 noyabr shanba kuni “Yoshlar sport majmuasi”da soat 16:00da boshlanadi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 39 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 23 tasida qarshiliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 74-41.    

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, qarshiliklar “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

Shu yili 2 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazilgan so‘nggi o‘zaro o‘yinda 4:2 hisobida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan.

Navoiyda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Navoiyda bo‘lib o‘tgan o‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, "ajdarlar" Navoiyda o‘tkazilgan 19 uchrashuvning 8 tasida g‘alaba, 6 tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

Shu yili Navoiyda bo‘liba o‘tgan o‘zaro o‘yinda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan.

Navoiyda bo‘lgan so‘ngi besh uchrashuv

10.08.2013. “Qizilqum” – “Nasaf” 0:1

06.06.2014. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

26.08.2015. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

25.06.2016. “Qizilqum” – “Nasaf” 3:3

29.04.2017. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

18.03.2018. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv Navoiy shahridagi “Kimyogar” stadionida 9 noyabr juma kuni bo‘lib o‘tadi va soat 15:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!