
Fakt: "Qo‘qon-1912" Jizzaxda umuman g‘alaba qozonmagan
Superliga 8-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi. Har ikkala klub matbuot xizmatlari ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar O‘zbekiston chempionati doirasida 22 marta o‘zaro maydonga tushishgan. Uchrashuvlarning 11 tasida jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan. Ettita o‘yinda qo‘qonliklar qo‘li baland kelgan. To‘rtta bahsda g‘olib nomi aniqlanganman. To‘plar nisbati – 37-27, “So‘g‘diyona” foydasiga.
“Qo‘qon-1912”ning eng yirik g‘alabasi 4:2, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:2.
O‘zaro o‘yinlarda “So‘g‘diyona” 37 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912”ning bu boradagi ko‘rsatkichi 25 ochkoni tashkil etadi.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar
19.11.2017 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 2:1
29.10.2016 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:1
26.06.2015 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 2:1
14.09.2002 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:0
10.05.2000 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912» 3:2
25.09.1999 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:1
14.08.1998 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 5:2
06.09.1995 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 4:0
03.11.1994 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 3:0
29.09.1993 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:0
26.08.1992 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:0
O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 11 ta o‘yindan 9 tasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qo‘qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.
Hakamlar
25 aprel chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinni Vladislav Tseytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Ushbu hakam 1-turdan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida ham ishlagan edi.
Superliga. 8-tur
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912”
Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent), R.Fozilov (Namangan), M.Nexochin (Namangan), Sh.Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi – R.Serazetdinov (Toshkent).
Komissar – E.Baxtiyorov.
Boshlanish vaqtlari
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs chorshanba kuni soat 20:30da boshlanadi va “Sport TV” orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi. O‘rinbosarlar o‘yini esa ertaga soat 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar