Farg‘ona "Viloyat Hokim kubogi-2018"da qatnashadigan barcha jamoalar ma’lum
Har yili mavsum boshlanishi arafasida Farg‘ona viloyat hokimligi va viloyat futbol assotsiasiyasi tomonidan an’anaviy tarzda “Viloyat hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazilishidan xabaringiz bor. 28 yanvar joriy yilgi turnir start oladi.
“Viloyat hokim kubogi-2018” xalqaro turnir maqomiga ega bo‘lib, 16 ta jamoa uchta guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi.
“A” guruhida O‘zbekiston Superligasi va Pro-liga klublari hamda Qirg‘izistoning “O‘sh” klubi ishtirok etadi.
Qolgan ikkita guruhda esa Pro-liga, Super liga jamoalari o‘rinbosarlar va Farg‘ona viloyati chempionatida ishtirok etuvchi klublar qatnashadi.
“A” guruhidagi jamoalar alohida sovrin uchun kurash olib borishadi. O‘zaro o‘yinlardan keyin ko‘p ochko jamg‘argan jamoa bosh sovringa ega bo‘ladi.
“B” va “S” guruhida ham o‘yinlar bir davrali tizimda o‘tkazilib, guruh g‘oliblari finalda maydonga tushishadi va ikkinchi sovrin g‘olibini aniqlab berishadi.
O‘yinlar Farg‘ona davlat universitetiga qarashli sport majmuasi (FarDU stadioni), Qirgulidagi “Neftchi SK” o‘yingohlarida bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhi
“Neftchi” (Farg‘ona)
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)
“O‘sh” (Qirg‘iziston)
“Mash’al” (Muborak)
“Tsementchi” (Quvasoy)
“Istiqlol” (Farg‘ona)
“A” guruhi taqvimi
1-tur
28 yanvar (yakshanba)
Istiqlol – Mash’al FarDU stadioni soat 11:00
Tsementchi – O‘sh FarDU stadioni soat 15:00
Neftchi – Qo‘qon-1912 Neftchi SK soat 15:00
2-tur
30 yanvar (seshanba)
Tsementchi – Qo‘qon-1912 FarDU stadioni soat 11:00
Istiqlol – O‘sh FarDU stadioni soat 11:00
Neftchi – Mash’al Neftchi SK soat 15:00
3-tur
1 fevral (payshanba)
Qo‘qon-1912 – Istiqlol FarDU stadioni soat 11:00
O‘sh - Mash’al FarDU stadioni soat 15:00
Neftchi – Tsementchi Neftchi SK soat 15:00
4-tur
3 fevral (shanba)
Tsementchi – Istiqlol FarDU stadioni soat 11:00
Qo‘qon-1912 - Mash’al FarDU stadioni soat 15:00
Neftchi – O‘sh Neftchi SK soat 15:00
5-tur
5 fevral (dushanba)
Mash’al - Tsementchi FarDU stadioni soat 11:00
O‘sh - Qo‘qon-1912 FarDU stadioni soat 15:00
Neftchi - Istiqlol Neftchi SK soat 15:00
“B” guruhi
“Zomin” (Jizzax)
“Qo‘qon-1912-2” (Qo‘qon sh. )
“Andijon” (Andijon sh. )
“Iftixor” (Oltiariq t.)
“Turon” (O‘zbekiston t.)
“S” guruhi
“Navbahor-2” (Namangan)
“Neftchi-2” (Farg‘ona)
“Yozyovon lochinlari” (Yozyovon t.)
“Toshloq FK” (Toshloq t.)
“O‘z Tong Kong Xo” (Andijon)
“B” va “S” guruhlari taqvimi keyinroq e’lon qilinadi.

Fikrlar