Farg‘ona viloyati derbisi uchun chiptalar sotuvga chiqdi
Xabaringiz bor, ertaga Pepsi Superligada 11-tur o‘yinlari start oladi. Turning ilk o‘yini Qo‘qonda kechadi. Unda "Qo‘qon-1912" "Neftchi"ni qabul qiladi.
Qo‘qon klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "Derbi" uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi. Chiptalar doimgidek 10 000 va 15 000 so‘mdan sotiladi. "Markaziy" stadion kassalari , soat 9-00dan boshlab ishga tushadi.
Bundan oldingi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi ertangi bahsda ham muxlislarni stadionda "syurpriz"lar kutib turibdi. Bu safar muxlislar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan, barcha ko‘rishni istaydigan taniqli yulduzlar Qo‘qon shahriga tashrif buyuradilar.
Bundan tashqari turli salqinlantiruvchi ichimliklar ,muzqaymoq va fast-fud eguliklar savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Bolajonlar esa ertak qahramonlari bilan uchrashadilar va rasmlarga tushadilar.

Fikrlar