Farruh Turdaliev: Yangi mavsumdan umidimiz katta
“Neftchi” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng farg‘onaliklar darvozaboni Farrux Turdaliev “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berdi.
– Muborakliklar bilan o‘yin “Qo‘qon-1912″ga qarshi uchrashuvdan tubdan farq qildi deb o‘ylayman. Sababi o‘yindan-o‘yinga yigitlar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishyapti. Yangi jamoa, yangi futbolchilar, shu sabab dastlabki o‘yinlari biroz murakkab kechishi tabiiy holdir. Raqibga nisbatan o‘yinda gol kiritish uchun ko‘proq imkoniyat yaratdik. Umuman olganda kuchlar teng keldi. Ishlashda davom etamiz
– “Mash’al” haqida qanday fikrdasiz?
– Yaxshi jamoa. Tarkib anchadan beri shakllanib kelayotgani bilinib turibdi. Taktik tarafdan ham to‘g‘ri o‘ynaydigan jamoa sanaladi. Farg‘onada kechayotgan “Hokim Kubogi” bahslari bizga juda ko‘p narsa beradi. Qishki yig‘in chog‘ida jamoalar uchun juda foydali turnir bo‘lyapti deb hisoblayman.
– Super liga bahslari boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. Yangi mavsumdan maqsad va rejalaringiz qanday ?
– “Neftchi” hammamiz uchun qadrdon va shonli tarixga ega jamoadir. Albatta yangi mavsumdan umidimiz katta. Chempionat bahslarida jamoamiz uchun munosib natijalarni qayd etishni ko‘zlaganmiz. Muxlislar esa bizga ishonishlarini so‘ragan bo‘lardim. Har doim stadionga kelib futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab turishsa, biz ham shunga monand ijobiy natijalarga erishamiz, – deydi Farruh Turdaeliv

Fikrlar