Feliks Sanchez: O‘zbekiston top jamoa hisoblangani bois mag‘lub bo‘ldik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bugun o‘yin qiyin kechdi deb ayta olaman. O‘yinimiz unchalik qovushmadi. Bugungi o‘yinda to‘p kirita olmadik. Chunki O‘zbekistondek jamoaga gol urish oson emas. Osiyo kubogi biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz jahon chempionatiga bosqichma bosqich tayyorgarlik ko‘ramiz. Osiyo kubogi biz uchun ushbu muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Himoyamizda muammolar bor deb ayta olmayman. Gol o‘tkazganimiz o‘yindagi kamchiliklardir. Keyingi o‘yinlarda bu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Darvozabonimiz bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Goldagi vaziyat bu darvozabonning xatosi emas balki hujumchining mahoratidir. O‘zbekiston top jamoa hisoblangani sabab mag‘lub bo‘ldik deb hisoblayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!