Firmino hech bir braziliyalik futbolchi qilmagan ishni qildi

  • 30.12.2018 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor echa Angliya premer-ligasining 20-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Arenal”ni qabul qildi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni mersisaydliklarning 3ta goliga Firmino mualliflik qildi. E’tiborlisi, u shu tariqa o‘zining premer-ligadagi umumiy gollari sonini 43taga etkazib oldi va APL tarixida eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylandi.

Qayd etish lozimki, Firmino bu borada sobiq jamoadoshi Filippe Koutinoni (41) ortda qoldirdi. Bu boradagi kuchli beshlikdn shuningdek Junino (Midlsbro", 29), Villian ("Chelsi", 27) va Gabriel Jezus ("Manchester Siti", 23) kabi futbolchilar joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Firmino “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!