Frantsiya terma jamoasi oldinda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lill shahrida o‘tayotgan «Devis kubogi» musobaqasining final uchrashuvida Frantsiya terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi.

Musobaqaning juftlik bahslarida mezbonlar dueti - Per-Yuge Erber va Rishar Gaske belgiyalik Ruben Bemelmans va Yoris De Loore tandemini 6:1, 3:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Frantsiya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi hisob 2:1 bo‘lib turibdi.

Bugun, 26 noyabr kuni final uchrashuvlarining so‘nggi bahslar o‘tkazilad. Unda Jo-Vilfrid Tsonga - David Goffin bilan, Lyuka Pue esa Stiv Darsisga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!