
Futbol TV Evropa ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi
Avval xabar berganimizdek bugun Monakoda Evropa ligasi guruh bosqichi o‘yinlari uchun qur’a tashlanadi.
Unda ishtirok etadigan 48 ta klub 4 ta savatchaga joylangan. Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Futbol TV telekanali ushbu marosimni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun jonli efirda namoyish qiladi.
Jamoalar o‘zlari egallab turgan reytinglariga qarab quyidagi savatchalardan joy olishgan:
Birinchi savat: «Sevilya» (Ispaniya), «Arsenal» (London, Angliya), «Chelsi» (Angliya), «Zenit» (Rossiya), «Bayer» (Germaniya), «Dinamo» (Kiev, Ukraina), «Beshiktosh» (Turkiya), «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya), «Olimpiakos» (Gretsiya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Anderlext» (Belgiya), «Latsio» (Italiya).
Ikkinchi savat: «Sporting» (Lissabon, Portugaliya), «Ludogorets» (Bolgariya), «Kopengagen» (Daniya), «Marsel» (Frantsiya), «Seltik» (Shotlandiya), PAOK (Gretsiya), «Milan» (Italiya), «Genk» (Belgiya), «Fenerbaxche» (Turkiya), «Krasnodar» (Rossiya), «Astana» (Qozog‘iston), «Rapid» (Avstriya).
Uchinchi savat: «Betis» (Ispaniya), BATE (Belarus), «Qorabog‘» (Ozarbayjon), «Dinamo» (Zagreb, Xorvatiya), «RB Leyptsig» (Germaniya), «Frankfurt» (Germaniya), «Malmyo» (Shvetsiya), «Spartak» (Rossiya), «Standard» (Belgiya), «Tsyurix» (Shveytsariya), «Bordo» (Frantsiya), «Renn» (Frantsiya).
To‘rtinchi savat: «Apollon» (Kipr), «Rusenborg» (Norvegiya), «Vorskla» (Ukraina), «Slaviya»(Praga, Chexiya), «Akxisar Belediespor» (Turkiya), «Yablonets» (Chexiya), AEK (Larnaka, Kipr), «Vidi» (Vengriya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Dyudelanj» (Lyuksemburg), «Spartak» (Trnava, Slovakiya), «Sarpsborg 08» (Norvegiya).
Fikrlar