Futzal. Terma jamoamiz Jahon chempionligini qanday qo‘lga kiritdi (video)
Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo‘yicha imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Ushbu musobaqada vakillarimiz finalda Shvetsiya terma jamoasi ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda oldinroq xabar bergandik. Quyida esa vakillarimizning finalga qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qayd etish lozimki, vakillarimiz guruh bosqichining ilk o‘yinida ancha kuchli Shvetsiya terma jamoasini 5-3 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi turda Indoneziya 17-2 hisobida tor-mor etilgan bo‘lsa, guruhning so‘nggi o‘yinida Kuvaytga qarshi parketga chiqqan yurtdoshlarimiz 9-2 hisobida g‘alabaga erishgan holda, 100 foizlik natija bilan yarim finalga yo‘l oldilar. Yarim finalda tarkibda bir qancha yo‘qotishlar bilan o‘ynagan O‘zbekiston amaldagi jahon chempioni Rossiyani 3-2 hisobida mag‘lub etishgan muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar