
Gamburg-2017: Bokschilarimizning ringga chiqish vaqtlari ma’lum
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi kungi bellashuvlarga start beriladi.
Mazkur bellashuvlarda besh nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Musobaqaning kunduzgi janglar dasturida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishadi. Janglar 18:00dan boshlanadi.
Toshkent vaqti bilan soat 18:30da 56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Murodjon Axmadaliev qozog‘istonlik Qayrat Eralievni sinovdan o‘tkazsa, soat 19:15da Iqboljon Xoldorov (64 kg) kolumbiyalik Jon Guterres bilan kuch sinashadi.
Vakillarimiz orasida kunduzgi janglarni 91 kg vaznda ikkinchi bellashuvini o‘tkazidigan Sanjar Tursunov yakunlab beradi. Uning raqibi argentinalik Yara Peralta bo‘ladi. Jang 20:15da boshlanadi.
Soat 22:00dan boshlab, kechki janglar start oladi. Unda ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Unda 49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik Robinson Rodriges bilan kuch sinashadi. Jang 22:15da boshlanadi.
Vakillarimiz ishtirokidagi so‘nggi jang 23:15da start oladi. Ushbu qarama-qarshilikda Isroil Madrimov (75 kg) turkmanistonlik Aziz Achilovga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar