Gamburg-2017: Isroil Madrimov kutilmaganda musobaqani tark etdi

  • 29.08.2017 20:08
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbke bokschilari zafarli yurishlarini davom ettirmoqda.

O‘zining ajoyib janglari bilan muxlislar qalbidan joy olib kelayotgan Isroil Madrimov vakillarimiz orasida uchinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.

Unga chorak finalda AQShning 2016 yilgi milliy chempionati g‘olibi, 3 karra politsiyalar ligasi chempioni 19 yoshli Troy Isley qarshilik qilishga urinib ko‘rdi, biroq tajriba bobida ancha ustunlik qilgan Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi Isroil Madrimovning bu galgi ustunligini hakamlar inobatga olmadi va amerikalik bokschining g‘alabasini e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Madrimov musobaqadagi ilk jangini nokaut bilan yakunlagan edi.

Biroz avval Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.

Bizdan uzoqlashmang. Oldinda yana 6 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!