
Gamburg-2017: Turnirning eng yaxshi bokschisi nomi ma’lum bo‘ldi
Xalqaro boks Federatsiyasi – AIBA Gamburda o‘tgan JChning bir qancha shaxsiy laureatlari g‘oliblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh terma jamoasi murabbiyi Billi Uolsh turnirning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning shogidlari musobaqani 1 ta kumush va ikki bronza medal bilan yakunlashdi.
Turnirning eng yaxshi jamoasi sifatida esa 5 ta oltin va ikki kumush medalni qo‘lga kiritgan Kuba terma jamoasi e’tirof etildi.
Ushbu JChning eng yaxshi bokschisi sifatida esa ukrainalik Aleksandr Xijnyak(75 kg oltin medal) tan olindi.
Fair Play sovrini esa germaniyalik Artem Arutyunyayga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu JChda 1 oltin, 3 kumush va 2 ta bronza(jami 7 ta medal) medalni qo‘lga kiritgan xolda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar