Garet Beyl Madridda qoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl yozgi transfer oynasi davomida jamoani tark etish niyati yo‘q. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uels terma jamoasi futbolchisi Madriddagi hayotidan nolimayapti va uni barcha sharoitlar qoniqtirmoqda.

Avvalroq Kilian Mbappe “Real”ga keladigan bo‘lsa, Beylning “Manchester Yunayted” klubiga o‘tib ketishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!