Germaniya - Shvetsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Biroz avval JCh-2018 turniri “F” guruhi ikkinchi tur ikkinchi bahsi yakuniga etdi. Unda Germaniya terma jamoasi shvetsiyalik futbolchilar bilan kuch sinashib, irodali g‘alabaga erishdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Ole Toyvonen (32-daqiqa) shvedlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida Marko Roys oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Nemislarning g‘alaba to‘piga esa Toni Kroos 90+5-daqiqada mualliflik qildi.
An’anaga ko‘ra, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu nomga Marko Roys loyiq topildi.
Fikrlar