
Germaniya hech nimani o‘zgartirmaydigan bahsda Ozarbayjonni yirik hisobda engdi (video)
Mundial yo‘llanmasini o‘tgan turda hal qilgan Germaniya terma jamoasi kecha o‘z maydonida Ozarbayjon termasini qabul qildi.
Ikkala tomon uchun ham deyarli hech qanday masalani hal etmaydigan o‘yinda maydon egalari raqiblari darvozasiga 5ta to‘p kiritishdi. Ozarbayjonliklar esa bu gollarga faqat bittagina to‘p bilan javob qaytarishdi. Yakuniy hisob 5:1.
Quyida ushbu o‘yinning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar