Gidi Kanyuk: "Paxtakor"ni kuchli hamda shonli tarixga ega ekanligini bilamiz
Isroil terma jamoasi a’zosi Gidi Kanyuk "sherlar" a’zosiga aylandi.
"Paxtakor" stadionida o‘tgan marosimda u jamoa bilan ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. "Paxtakor" safida maqsadi xususida u quyidagilarni ta’kidladi:
- Biz "Paxtakor"ni kuchli hamda shonli tarixga ega ekanligini bilamiz va jamoaga shonli tarixini qaytarish yo‘lida ko‘maklashgani keldik. Jamoa bilan sovrinlarga ega chiqishga intilaman.
Gidi Kanyuk
Tug‘ilgan sanasi: 11.02.1993
Tug‘ilgan joyi: Ramat Gan, Isroil
Ampluasi: yarim himoyachi
O‘ynagan jamoasi:
2011–2017 “Makkabi” Petax Tikva 147 o‘yin 20 gol
Isroil terma jamoasiga nomzod futbolchi.
Sovrinlari: “Leumit” Ligasi g‘olibi-2013, “Toto Kap” Kubogi sohibi-2016.

Fikrlar