Golovinga APLdan ham xaridor chiqdi
Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga Angliya premer-ligasidan ham da’vogar jamoa paydo bo‘ldi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli Rossiya terma jamoasi a’zsiga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Golovin uchun Turinning “Yuventus” klubi ham qizqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Golovin yakunlangan mavsum TsSKA safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar