
Grizmann Frantsiya terma jamoasi uchun mukammal murabbiy kimligini aytdi
Madridning "Atletiko" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmann terma jamoasi uchun eng mukammal murabbiy kimligini aytdi.
“Desham Frantsiya terma jamoasini qancha xohlasa shuncha boshqaradi. U ajoyib ishlarni amalga oshirdi va shubhasiz hurmatga loyiq. Shunga qaramasdan, terma jamoa uchun eng mukammal murabbiy deb Zidanni hisoblayman”, - deydi Grizmann.
Ma’lumot uchun, Desham Frantsiya terma jamoasini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda. “Uchranglilar” ushbu vaqt mobaynida uning qo‘l ostida Evro-2016 finaliga qadar etib borishdi, JCh-2018da esa bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Zidan esa “Real” boshqaruvida 2,5 yil ishladi va bu vaqt orasida 9ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar