Grizmann kelajakda Bundesligada to‘p surishi mumkinligini aytdi

  • 06.11.2018 10:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi forvardi Antuan Grizmann kelajakda Bundesliga jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

“Bundesliga – judayam qiziqarli chempionat. Bu erdagi jamoalar hujumkor futbol namoyish etishadi va ko‘plab gollar urishadi.  Balkim qachondir men ham o‘sha turnirda o‘z kuchimni sinab ko‘rarman. Ammo hozir meni “Atletiko”da barchasi qoniqtiryapti. Chunki men ushbu ajoyib loyiha bilan 100% bog‘langanman. Biz bir-birimizga o‘sishda yordam berishda davom etamiz. Biz birga tarix yaratmoqchimiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Grizmann butun faoliyatini Ispaniyada o‘tkazgan. U “Atletiko”ga kelishdan oldin “Real Sosedad”da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!