Gvardiola "teshik darvozabon"ni maqtadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvaridola so‘nggi paytlarda tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketayotgan darvozabon Klaudio Bravoga ishonchi baland ekanligini aytib o‘tdi.

“Bravo haqidagi fikrimni o‘zgartirmayman. U ajoyib darvozabon. Klaudio dunyoning eng yaxshi golkiperlaridan biri. Angliyada boshqacha futbol. Bu erda ko‘proq qanotlardan hujum bo‘ladi. Bravoning oliy darajadagi darvozabon ekanligiga shubham yo‘q”, - deydi ispaniyalik mutaxassis The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Bravo bu mavsum ko‘plab antirekordlar o‘rnatmoqda. Balkim, shu sababli u “shaharliklar”ning so‘nggi 3ta o‘yinida maydonga tushmagan. Avvalroq Chili terma jamoasi darvozaboniga "Milan" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!