Hamdamovning "Anji"si premer-ligadan chetlatilsa nima bo‘ladi?
Avval xabar berganimizdek hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan Maxachkalaning “Anji” klubi futbolchilari rahbariyatga shart qo‘yishdi va agar 18 oktyabrgacha barcha qarzdorlik bartaraf etilmasa ular premer-liganing 11-turidan o‘rin olgan TsSKAga qarshi o‘yinda maydonga tushmasliklarini bildirishdi.
Rus OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra agar chindan ham “Anji” chempionatdan chetlatiladigan bo‘lsa, u holda undan qo‘lga kiritilgan ochkolar ham bekor qilinadi.
Boisi, chempionat reglamentiga ko‘ra musobaqadan chetlatiladigan jamoa mavsumning 15tadan kam o‘yinida ishtirok etgan bo‘lsa, uning barcha natijalari bekor qilinadi. Agar jamoa 15tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazsa, u holda mavsumning qolgan turlarida raqib jamoaga to‘plar nisbati o‘zgarmagan holda g‘alaba yoziladi.
Ma’lumot uchun, "Anji"ning ayni damdagi umumiy qarzi 260 million rublni tashkil etadi. Jamoa premer-ligada 12-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar