Ibragimovich: Mutaxassislar APLga ortiqcha baho berishmoqda

  • 06.11.2018 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich Angliya premer-ligasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Manchester Yunayted”da to‘p surganimdan xursandman. Menga APL yoqdi. Bu men uchun qiziqarli tajriba bo‘ldi. Biroq, menimcha mutaxassislar bu turnirga ortiqcha baho berishmoqda. Men u erdagi futbolchilarning malakasi va texnik qobiliyati etarli darajada emasligini ko‘rdim. Ammo temp haqiqatda juda yuqori va barcha futbolchilar ham bu tempga dosh bera olishmaydi. Garchi premer-ligaga 35 yoshimda kelgan bo‘lsamda, muvaffaqiyatga erisha oldim. Agar yoshroq bo‘lganimda hammasi butkul boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Tanqidchilar meni APLga nogironlik aravachasida kelganimni aytishdi, ammo keyinroq men o‘z o‘yinim bilan ularning o‘zlarini nogironlik aravachasiga o‘tirgizib qo‘ydim”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich MYu safida 2016-2018 yillarda to‘p surdi va jamoa bilan birga 3ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!