Iguain “Milan”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

  • 02.08.2018 15:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" forvardi Gonsalo Iguain "Milan"ga ko‘chib o‘tgach qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchi “rossonerilar” safida bir mavsum uchun 9,5 mln evro maosh oladi. Ushbu mablag‘ning 1 millioni “Yuventus” tomonidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” Iguainni 18 mln evro evaziga bir mavsumga ijaraga olishi va ijara muddati yakunlangach uni 36 mln evroga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Iguain uchun ayni damda Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!