Ikardi va Allegri A Seriyada eng yaxshilar qatorida e’tirof etilishdi

  • 04.12.2018 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 2017/18 yilgi mavsumida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi va murabbiylari taqdirlanishdi.

Tecno

Unga ko‘ra "Inter" forvarli Mauro Ikardi o‘tgan mavsum chempionatning eng zo‘r futbolchisi deb topildi. Bundan tashqari argentinalik futbolchi mavsumning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

Shuningdek, "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri “Eng yaxshi murabbiy”, o‘tgan mavsumni “Roma”da o‘tkazgan Alisson esa “Eng yaxshi darvozabon, Janluki Rokki esa “Eng yaxshi hakam” deb topildi.

Eslatib o‘tish lozimki, Ikardi o‘tgan mavsum 34ta turda jami 29ta gol urishga erishgan bo‘lsa, Alisson 37ta o‘yinda o‘z darvozasidan 28ta gol o‘tkazib yuborgan edi. Allegri shogirdlari esa yakunda A Seriya chempionligini tantana qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!