Ikki nafar bokschimiz jahon kubogida tengsizligini isbotlashdi

  • 20.12.2016 10:59
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-18 dekabr kunlari Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 14-bor tashkil etilgan musobaqalarda Osiyo va Evropa qit’larining 14 davlatidan 130 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari ishtirok etdi.

Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolari 2 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bellashuvda Iqboljon Xoldorov (-64 kg.) mezbonlar vakili Aleksey Mazurni, Isroil Madrimov (-75 kg.) ham rossiyalik Aleksandr Agafanovni mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallashdi va “xalqaro toifadagi sport ustasi” maqomi egasiga aylandi.

Iqboljon Xoldorov

Shuningdek, -49 kg. vazn toifasida Mironshoh Ibragimov rossiyalik Belik Galanov imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Isroil Madrimov

Eslatib o‘tamiz, Mirazizbek Mirzaxalilov (56 kg.) va Ulug‘bek Mubinov (+91 kg.) yarim finalgacha etib kelib, bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!