"Inter" Modrich bilan muzokaralarni boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi Xorvatiya terma jamoasi va "Real" jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda Italiya OAV.

Manbada yozilishcha, xorvatiyalik futbolchining o‘zi Milan klubi proektlariga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yozda "Inter" Modrichning hamyurti himoyachi Shime Vrsalko bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, milanliklar tarkibni Raja Nainggolan, Stefan de Fray, Lautaro Martines va Kvadvo Asamoa​ bilan to‘ldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!