"Inter" bugun uzoq yillik qora an’anaga barham bera oladimi?

  • 7 dekabr, 2018, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Italiya A Seriyasining 15-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turni “Yuventus” hamda “Inter” jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahs boshlab beradi.

Tecno

"Ювентус" - "Интер": анонс и прогноз центрального матча 15 тура Серии "А"

Uchrashuv haqida qiziqarli faktlar:

- “Yuventus” va “Inter” qarama-qarshiligi 88 yildan buyon davom etib kelmoqda. Ushbu jamoala ilk bor 1930 yilda to‘qnash kelishgan.

- Hozirgacha ushbu jamoalar Italiya chempionatida jami 176 marta bahs yuritishgan. Shularning 82tasida “keksa sinora”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 48tasida “neradzurrilar” g‘alaba qozonishgan. Qolgan 46ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan.

- “Yuventus” so‘nggi 3ta o‘yindan buyon “Inter”ga g‘alaba qozonish uchun hech qanday imkon qoldirmayapti. Turinliklar oxirgi 3ta qarama-qarshilikning 2tasida g‘alaba qozonishgan va 1tasida durang qayd etishgan.

- “Inter” so‘nggi bor “Yuventus” maydonida 2012 yilning 3 noyabr kuni g‘alaba bilan qaytgan.

- “Yuventus” A Seriyaning so‘nggi 15ta bahsidan 14tasida raqib darvozasiga kamida 2ta gol kiritgan.

- “Inter” Turinda kechgan so‘nggi 4ta o‘yinning barchasida “Yuventus” darvozasiga yo‘l topa olmagan.

"Yuventus" – "Inter"

Stadion: "Alyants" (Turin)

Boshlanish vaqti: 00:30

Taxminiy tarkiblar:

"Yuventus": Shesni – De Shilo, Bonuchchi, Kelini, Sandro – Bentankur, Pyanich, Matyuidi – Dibala, Ronaldu, Manjukich.

"Inter": Xandanovich – D’Ambrozio, Shkrinyar, De Vrey, Asamoa – Brozovich, Vesino – Keyta, Valero, Perishich – Ikardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!