"Inter" tez orada ikki nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 10.11.2018 08:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi o‘zining ikki nafar etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni yakunladi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” tez orada himoyachi Milan Shkrinyar va forvard Mauro Ikardilar bilan yangi shartnoma imzolashadi. Unga ko‘ra Ikardining maoshi yiliga 6 million evro, Shkrinyarniki esa 4 million evroga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum 13ta o‘yinda maydonga tushdi, Ikardi esa 12ta o‘yinda ishtirok etib 9ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!