
International Champions Cup. Martinesning yagona goli "Inter"ga "Lion" ustidan g‘alaba keltirdi
Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.
Kecha Italiyaning Lechche shahridagi "Via del Mare" stadionida turnir doirasida "Inter" "Lion"ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuv taqdirini esa 52-daqiqada "neradzurrilar" a’zosi Martines tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. "Inter" - "Lion" 1:0.
“Inter” Italiya – “Lion” Frantsiya 1:0 (0:0, 1:0)
4 avgust, «Via del Mare»
Gol: 1:0 – 52 Martines.
“Inter” – Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio (Rorič, 81), de Vrey (Ranokkiya, 58), Dalbert, Galyardini (Vesino, 58), Asamoa (Emmers, 70), Politano (Dzappa, 81), Ikardi, Karamo (Joau Mariu, 59), Martines (Salsedo Mora, 70).
“Lion” – Gorjlen, Dyubua (Tete, 83), Rafael (Mendi, 83), Sole, Diop (Tuzar, 83), Martinsh Pereyra, Ferri (Kakre, 83), Ndombele (Auar, 74), Tere (Depay, 73), Dias (Guiri, 61), Maolida (Traore, 74).
Ogohlantirishlar: Diop (39), Martinsh Pereyra (43), Ferri (55), Martines (63), Ranokkiya (72).
Fikrlar